#Deputat_faoliyati
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi qurilish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 21-«Chinobod» saylov okrugidan saylangan deputati G. Mamatova tomonidan «Chinobod» mahallasidagi 25-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda binoni foydalanishga topshirishga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash muhimligi ta’kidlandi.
🤝 Asosiy maqsad — hududda maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish.