Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga “Saodat” saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
Jumladan, Bunyodkorlar ko‘chasi, 21-uyda yashovchi fuqaro D.Mamajonova bilan suhbat o‘tkazilib, oilaning ijtimoiy holati hamda unga ko‘rsatilayotgan yordamlar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida mazkur oilaga ijtimoiy xodim tomonidan kiyim-kechak xarid qilish uchun 2 million 60 ming so‘m miqdorida vaucher ajratib berilgani ma’lum bo‘ldi. Oila vakili suhbat jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam va e’tibordan mamnunligini bildirdi.
O‘rganish davomida ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularning kundalik ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi