Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Toshkent viloyati Parkent tumani bosh mutaxassisi Turg‘unboyev Farxod bilan uchrashib, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini o‘rgandi.
🔹 Uchrashuv davomida tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholining diniy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, yoshlarni turli zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
📊 2026-YILNING BIRINCHI YARIM YILLIGIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
🕌 1. Diniy-ma’rifiy targ‘ibot va profilaktika tadbirlari
📌 Davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, mahallalar hamda aholi gavjum joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
🔹 220 nafar maktab rahbar va xodimlari ishtirokida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
🔹 150 nafar uyushmagan yoshlar va aholi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.
🔹 Bozorlarda tadbirkorlar, sotuvchilar va ishchi-xizmatchilar ishtirokida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
🔹 22 ta mahalla fuqarolar yig‘inida jonli muloqotlar tashkil etilib, ularda 600 nafar fuqaro, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar va diniy soha vakillari ishtirok etdi.
🔹 Uchrashuvlarda aholini qiynayotgan ijtimoiy masalalarni muhokama qilish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash va ma’rifat orqali turli zararli g‘oyalarning oldini olishga alohida e’tibor qaratildi.
🫥 2. Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash
🎓 Tumandagi umumta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilari va ota-onalar ishtirokida 800 nafardan ortiq kishini qamrab olgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
🏫 Shuningdek, xususiy ta’lim muassasalari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.
🌷 Xotin-qizlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlar, milliy an’analar, farzand tarbiyasi va jamiyatdagi ayolning o‘rni mavzularida psixologik-treninglar hamda tushuntirish ishlari olib borildi.
📌 Yoshlarning sifatli ta’lim olishi, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish hamda diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
🏢 3. Ta’lim markazlari va diniy mazmundagi materiallar ustidan nazorat
🔹 Hisobotda qayd etilishicha, tumandagi 5 ta o‘quv markazida diniy ta’lim berish bilan bog‘liq qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan 10 marotaba profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
📚 Diniy adabiyotlar savdosiga ixtisoslashgan 2 ta savdo nuqtasi faoliyati o‘rganilib, tadbirkorlarga diniy mazmundagi adabiyotlarni qonunchilik talablariga muvofiq tarqatish yuzasidan tushuntirishlar berilgan.
🛍 Savdo nuqtalari, do‘konlar va xizmat ko‘rsatish maskanlarida diniy mazmundagi reklama hamda yozuvlar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan ham profilaktik ishlar olib borilgan.
⚖️ 4. Qonuniylik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash
📖 Hisobot davrida diniy sohadagi qonunchilik talablarini tushuntirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va qonunbuzilishlarning oldini olishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirilgan.
🔹 Davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari bilan din sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalarini tushuntirish yuzasidan 11 ta suhbat o‘tkazilgan.
🔹 Norasmiy diniy ta’lim va ibodat faoliyati bilan bog‘liq masalalarda profilaktik suhbatlar tashkil etilgan.
🔹 Diniy mazmundagi reklama, materiallar va ta’lim faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.