Baxmal tumanida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisoziy muammolarni tezkor hal etish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov ishtirokida o‘tgan qabulda fuqarolarning ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti hamda bandlik masalalariga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida huquqiy va amaliy jihatdan hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan tizimli masalalar yuzasidan mutasaddi idoralarga qat’iy topshiriqlar belgilandi.
Topshiriqlarning ijro nazorati va monitoringi kotibiyat bosh mutaxassislari S.Bektemirov hamda J.Butayev tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda.