TIBBIYOT MUASSASASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev tomonidan o‘zi saylangan Uchqizil MFY hududidagi tibbiyot muassasasida kuz-qish mavsumida isitish tizimining holati o‘rganildi.
O‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 11-bandi ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.
Jarayon davomida tibbiyot muassasasining isitish tizimi, mavjud isitish moslamalarining sozligi hamda kuz-qish mavsumida bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish holatiga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda isitish tizimining mavsum davomida barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.