“O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv korrupsiyaning oldini olish” loyihasi doirasida Agentlik hamda xalqaro hamkorlar — “Transparency International Latvia” va “Transparency International Kyrgyzstan” tashkilotlari vakillari ishtirokida mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari uchun hududiy o‘quv treninglari tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati S. Erjanova hamda viloyat Kengashi yuriskonsulti G'.Raimbayev ishtirok etdi.
Treninglar doirasida korrupsiyaning oldini olish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda ushbu yo‘nalishda nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini kuchaytirish va ular bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.