Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi ichki yo‘llar muammosi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Ma’rifat” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi muhokama qilindi
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masala #24_ta_yo‘nalish #24_band #tashabbusli_budjet #doimiy komissiya faoliyati Ta’lim uchun muhim tashabbus: Termiz shahridagi 11-maktabda zamonaviy sport zali qurilishi nazorat-tahlildan o‘tkazildi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi # Madad NNT hamkorligi #162 ta qonunlar ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholining huquqiy himoyasi va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #19-band #162 ta qonunlar ijrosi “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi faoliyati qonun ijrosi doirasida o‘rganildi
янв.21
"Mehrobod" mahallasida bandlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi!
янв.21
#deputatlik_so‘rovi #deputatlik_nazorati #Temiryo‘lchi mahallasi #fuqarolar_murojaati “Temiryo‘lchi” mahallasi Uvaysiy ko‘chasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish yuzasidan murojaatlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
#sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala #ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #Kengash qarorlar ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi murojaatlari bilan ishlash holati deputatlik nazoratida
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masala #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #13-band #17-band #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Jayhun” mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Jayhun” mahallasida boshqaruv samaradorligi va aholi bilan ishlash holati o‘rganildi
2-sonli texnikum kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan 2-sonli texnikum kutubxonasining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud kitob fondining holati, o‘quvchi-yoshlarning darslik va badiiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari hamda kutubxona faoliyatining yo‘lga qo‘yilganlik darajasiga e’tibor qaratildi.

Ma’lum bo‘lishicha, texnikum kutubxonasida 6 mingga yaqin kitobdan iborat kitob fondi mavjud. O‘rganish jarayonida mazkur adabiyotlarning saqlanishi va tartibga solinishi, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni hamda mavjud adabiyotlardan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kutubxonada kataloglar va kitobxonlik formulyarlarining yuritilishi holati o‘rganildi. Kutubxona fondidagi adabiyotlarni tizimli hisobga olish, kitobxonlarga berilgan adabiyotlarni qayd etish hamda kutubxona hujjatlarini belgilangan tartibda yuritish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘quvchi-yoshlarning zamonaviy ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida elektron darsliklar bilan ta’minlanganlik holati ham ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, texnikum o‘quvchilari uchun badiiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari va kitobxonlik muhitini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4