Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy profilaktika va xavfsiz muhit masalalari o‘rganildi
янв.21
Poliklinikadagi sharoitlar ham deputatlik nazoratida
янв.21
Bepul dori vositalari: holat qanday?
янв.21
Aholi salomatligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
“Chegara” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
Ipak yo‘li mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, shuningdek, ta’mirlash ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash mahalliy Kengash deputatlarining muhim nazorat yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri Ipak yo‘li mahallasida o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi, deputat A.Mahkamov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirok etdi.

O‘rganish davomida mahalladagi ichki yo‘llarning mavjud holati, yo‘l qoplamalarining sifati hamda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Xususan, Furqat ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l-ta’mirlash ishlari jarayoni o‘rganilib, belgilangan ishlarning amaldagi holati va sifatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur ishlar Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, unda Marg‘ilon shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlangan.

O‘rganish jarayonida ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilash, yo‘l-ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi va belgilangan manzillarda ishlarning o‘z vaqtida yakunlanishini ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Aniqlangan ayrim masalalarni huquqiy va amaliy jihatdan hal etish maqsadida Marg‘ilon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i nomiga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4