Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat mudiri_faoliyati “Bog‘ishamol” mahallasida ko‘p qavatli uylar, kommunal xizmatlar va dam olish maskanlari holati o‘rganildi.
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat mudiri_faoliyati “Jo‘yjangal” mahallasida ichki yo‘llar, tungi yoritish va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Bog‘ishamol” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati “Gulira’no” mahallasida rais faoliyati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi doirasida Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Ijtimoiy himoya amalda: “Manguzar” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#162 ta qonun # savolnoma asosida #deputatlik nazorati #sessiya oldi o‘rganish Manguzar mahallasida profilaktika inspektori faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputatlik nazorati #Surxon sohili mahallasi #Aholi bilan muloqot Muammolar joyida o‘rganilmoqda: “Surxon sohili” mahallasida deputatlik nazorati
янв.21
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Deputatlik_nazorati #Obodonlashtirish Obod mahalla — farovon hayot poydevori
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahalla “yettiligi” faoliyati deputatlik nazorati ostida
#YOSHLAR_MASLAHAT_GURUHI_FAOLIYATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Normurodov Jahongir O‘rol o‘g‘li tashabbusi bilan mahalla hududida giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar va mahalla aholisiga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik hamda psixotrop moddalarning inson salomatligi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida tushuncha berish, shuningdek, zararli illatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.

Tadbir davomida tashabbuskor yoshlar mahalla aholisi va tengdoshlari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, giyohvandlikning ayanchli oqibatlari haqida tushuntirishlar berdi. Ishtirokchilarga mavzuga oid maxsus eslatma va bukletlar tarqatildi.

Muloqotlar davomida har bir yoshning kelajagi, oila farovonligi va yurt tinchligi uchun ogohlik, mas’uliyat va daxldorlik hissi muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Giyohvandlikka qarshi kurashish — sog‘lom avlod va farovon kelajak uchun barchamizning umumiy fuqarolik burchimizdir!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5