Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy profilaktika va xavfsiz muhit masalalari o‘rganildi
янв.21
Poliklinikadagi sharoitlar ham deputatlik nazoratida
янв.21
Bepul dori vositalari: holat qanday?
янв.21
Aholi salomatligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
“Chegara” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
Kotib

Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim omillaridan biri — bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor va vatanparvar avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatida ham inson kapitalini yuksaltirish, yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va kelajak uchun mustahkam poydevor yaratishdek ezgu maqsad mujassam.

Ana shu ulug‘ maqsadlarni hayotga tatbiq etishda Siz, aziz ustoz va murabbiylarning fidokorona mehnatingiz, boy tajribangiz va zamonaviy bilimlaringiz beqiyos ahamiyat kasb etadi. Zero, Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti va ertangi yuksak marralari bilimli avlod hamda fidoyi ustozlar mehnati bilan chambarchas bog‘liq.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, qalbingizga doimo ilhom va kuch-quvvat, pedagogik va ilmiy faoliyatingizda yangi yutuqlar tilayman. Shogirdlaringizning yuksak natijalari, jamiyatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissangiz Siz uchun eng katta mukofot bo‘lib xizmat qilsin!

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Slide 1 of 1