Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Sherzod Ortiqov saylov okrugidagi Nayman mahallasida "mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama etilib, mahalladagi fuqarolarning murojaatlari tenglandi. Asosiy murojaatlar kredit olish, kantrakt to'lovi, maktabga boruvchi yo'l yoqasida piyodalar yo'lagi qurish masalasida bo'lib, ushbu murojaatlar bo'yicha mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ijobiy hal etish vazifalari belgilab olindi. Ayrim murojaatlar yuzasidan tushuntirish berildi.