Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi Sanoat zonalari faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
янв.21
“Turon” mahallasida ekologik vaziyat deputatlik nazorati doirasida muhokama qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish: ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
#deputatlik_nazorati #aholi_salomatligi #24_ta_yo‘nalish #2_band_ijrosi “Turon” mahallasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
#deputatlik_nazorati #ko‘chama_ko‘cha #haftalik_ish_reja_ijrosi #Qonun_ijrosi #15 band_ijrosi Shifokor” mahallasida obodonchilik va yashil hududlar holati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
“Farxod” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
“Farxod” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi va aholi muammolari muhokama qilindi
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #ko'chama-ko'cha #murojaat_daftari Muammolar joyida o‘rganilmoqda: “Bo‘ston” mahallasidagi Qirqiz ko‘chasini asfaltlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #murojaat_daftari #24_ta_tavsiyalar_ijrosi “Bo‘ston” mahallasida sanitariya holati o‘rganildi: Qirqiz ko‘chasidagi chiqindixona deputatlik nazoratiga olindi
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida mahallalarda aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash, muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida o‘rganilmoqda.
🇺🇿 Shu yo‘nalishda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan “Bodomtepa” MFY hududida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Abdumalikova Umidaning ish faoliyati o‘rganildi.
📌 O‘rganishning asosiy e’tibori ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam va xizmatlarning manzilliligi hamda samaradorligiga qaratildi.
📊 Ayni vaqtda mahallada ijtimoiy reyestrda 40 nafar oila ro‘yxatda turibdi. Shundan 15 nafari Davlat ta’minotidagi oilalar hisoblanadi. Mazkur oilalarning har biri bilan individual yondashuv asosida ish olib borilib, ularning ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud muammolari chuqur o‘rganilmoqda.
📌 Har bir oila uchun individual reja shakllantirilib, oilaning ehtiyojidan kelib chiqib tegishli ijtimoiy xizmatlar va amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Bunda nafaqat moddiy yordam ko‘rsatish, balki oilalarning muammolarini kompleks hal etish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va turmush sharoitini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📌O‘rganish davomida ijtimoiy xodimning hududdagi faoliyati, xususan:
·         ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash;
·         ijtimoiy reyestrda turgan oilalarning muammolarini individual o‘rganish;
·         har bir oilaga manzilli va ehtiyojdan kelib chiqqan holda xizmat ko‘rsatish;
·         nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash;
·         yolg‘iz yashovchi va doimiy e’tiborga muhtoj fuqarolar holidan xabar olish;
·         kam ta’minlangan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish;
·         xayriya jamg‘armalari, homiylar va ko‘ngillilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
·         fuqarolarning muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🔵 Ijtimoiy reyestrdagi har bir oila — alohida e’tibor va yondashuvni talab qiladigan xonadon. Shu bois ularning muammolarini faqat ro‘yxatga olish bilan cheklanmasdan, har bir oilaning real ehtiyojini aniqlash, muammoning sabablarini o‘rganish va amaliy yechim topish muhim vazifa sifatida belgilangan.
🔵Ayniqsa, Davlat ta’minotidagi oilalar bilan ishlashda ularning kundalik ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda, oilani qo‘llab-quvvatlashning uzoq muddatli mexanizmlariga ham e’tibor qaratilmoqda. Bu esa ijtimoiy xizmatlarning manzilli, individual va natijador bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
📌 Shuningdek, vasiylik va homiylikdagi bolalar, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar, alohida e’tiborga muhtoj voyaga yetmaganlar bilan muntazam monitoring olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.
🔵 Inson qadri — e’tiborda!
🔵 Har bir oila — e’tiborda!
🔥 Har bir muammo — manzilli yechimda!

Slide 1 of 6