Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Abdulla Avloniy” mahallasida mahalla boshqaruvi faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TASHKIL ETILADI
янв.21
DEPUTAT VA SENATORNING FIKRI MAJLISDA ESHITILISHI MUMKIN
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati Kunlik ish reja asosida deputatlar joylarda nazorat ishlarini olib bordi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #13_band #mudir_ish_rejasi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #biriktirilgan_tashkilot #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Sport maktabi faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Ma’rifat” mahallasida ta’mirlash ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #11_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 11-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlik nazoratida!
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #10_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Jayxun” mahallasida zarur mahsulotlar narxi va yetarliligi o‘rganildi
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 18-Do‘stlik saylov okrugi deputati A. Abdullayev tomonidan Do‘stlik MFYda yashovchi Jumayeva Shahodat Baxtiyorovnaning xonadoniga borilib, mahallada aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning amaliy holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroga mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan qanday xizmatlar ko‘rsatilayotgani, uning ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganilgani, zarur ko‘mak va xizmatlar bilan ta’minlanishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash borasidagi ishlarning amalda qay darajada tashkil etilayotgani yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Mazkur o‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida amalga oshirilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va manzilliligi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.