Ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha murojaat kelib tushdi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K.Abdullayeva saylangan Nurafshon MFY hududidagi fuqarolardan ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha murojaat kelib tushdi.
Murojaatda kuz-qish mavsumida yo‘llarning mavjud holati sababli aholi harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelishi qayd etilib, ichki yo‘llarni asfaltlash choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Mazkur murojaat Murojaatlar daftariga qayd etilib, masalani o‘rganish va tegishli choralar ko‘rish belgilandi.