DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA SAVOL-JAVOB
Navbatdagi masala yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan norasmiy ish o‘rinlarini qonuniylashtirish bo‘yicha savol berildi.
Deputat savoli: Umumiy reja 100,4 foizga bajarilgan bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligida 72,8 foiz, soliq yo‘nalishida 91,8 foiz natijaga erishilgan. Ushbu yo‘nalishlarda reja ko‘rsatkichlarini to‘liq bajarish uchun qanday ishlar amalga oshiriladi?
Javob: Norasmiy band bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, ish beruvchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borish hamda mehnat munosabatlarini qonuniylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha manzilli ishlar tashkil etilishi ma’lum qilindi.