Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va pedagoglar muloqoti: ta’limdagi islohotlar va e’tirof
янв.21
Xalq manfaati — e’tiborda: “Tinchlik” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #Kengash_raisi #deputat_faoliyati Deputatlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “TINCHLIK” MAHALLASIDA FAOLIYAT “24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” ASOSIDA TAHLIL QILINDI
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TASHKIL ETILADI
янв.21
DEPUTAT VA SENATORNING HUQUQLARI KAFOLATLANADI
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
1-oktabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni!
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida mahalla raisi faoliyati deputatlik nazoratida
Shahar infratuzilmasi — aholi farovonligi garovi

Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi.

Ayniqsa, Nukus shahrida “Ashshiko‘l” hududida 270 gektar maydonda “Nukus siti”ni barpo etish loyihasining amalga oshirilayotgani shaharning kelgusi qiyofasini yangilash, zamonaviy shaharsozlik tamoyillarini joriy etish va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega. Ushbu loyiha doirasida zamonaviy va energiya tejamkor uy-joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, tadbirkorlik sub’ektlari hamda yashil hududlarni tashkil etish ko‘zda tutilgani aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Shu bilan birga, shahar infratuzilmasining ajralmas qismi bo‘lgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, ko‘p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha ob’ektlarini zamonaviy hamda energiya tejamkor tizimlarga o‘tkazish aholining kundalik turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Transport infratuzilmasini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ham alohida e’tiborga loyiq. Magistral avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, hududlar o‘rtasida transport qatnovini yaxshilash, shuningdek, Toshkent–Nukus yo‘nalishida tezyurar temiryo‘l qatnovini rivojlantirish aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay transport imkoniyatlarini kengaytiradi.

Deputat sifatida men uchun eng muhim masala — amalga oshirilayotgan har bir loyihaning natijasi, avvalo, aholi hayotida sezilishi, ularning ehtiyoj va manfaatlariga xizmat qilishidadir. Shu bois infratuzilma ob’ektlarining sifati, belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarur, deb hisoblayman.

Mahallalarda aholi bilan ochiq va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish ham deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari va imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozim.

Bugun shahar taraqqiyotini faqat yangi binolar va yo‘llar bilan emas, balki insonlar uchun yaratilgan qulayliklar, xizmatlar sifati, ish o‘rinlari va munosib turmush sharoiti bilan baholash muhim. Shu nuqtayi nazardan, Qoraqalpog‘istonda belgilanayotgan vazifalarning izchil va sifatli amalga oshirilishi hududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, aholi daromadlarini oshirish va farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Deputat sifatida ushbu jarayonlarda aholi manfaatlarini ustuvor qo‘ygan holda, belgilangan vazifalarning ijrosini o‘rganish, joylardagi muammolarni ko‘tarish va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashishni o‘z faoliyatimning muhim vazifalaridan biri, deb bilaman.

JUMAMURATOVA SAYYORA BABAJONOVNA
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan 4-sonli "Beruniy" saylov okrugi deputati