KATTA DEHQONOBODDA “YANGI
O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman Kengashi deputatlari B.Abduraximov,
A.Isaxonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilovlar tomonidan Katta
Dexqonobod mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida
amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida Katta Dexqonobod ko‘chasida “Effekt Elegant” MChJ tomonidan barpo
etilayotgan 2 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘laklari qurilishining sifati,
ishlarning tasdiqlangan loyiha va belgilangan muddatlarga muvofiqligi e’tibor
qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan ularni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli tashkil
etish hamda belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli choralar
ko‘rilishi lozimligi qayd etilib, masala deputatlar nazoratiga olindi.