Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliyati “Navro‘z” mahallasida deputatlik nazorati
янв.21
Yoshlar ovozi — e’tibor va amaliy yechimda!
янв.21
DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH TARTIBI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATNING TRANSPORTDA BEPUL YURISH TARTIBI
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat deputatlar e’tiborida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #19_band #162_qonun #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi amalda
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #1_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati "Tinchlik" mahallasida O‘RQ-406 Qonun ijrosi va Yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi!
янв.21
“Tinchlik” mahallasida aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATNING AXBOROT RESURSLARIDAN FOYDALANISHI
OILALAR DAROMADI VA BANDLIK HOLATI O‘RGANILADI

OILALAR DAROMADI VA BANDLIK HOLATI O‘RGANILADI

🇺🇿 Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash orqali aholining doimiy daromad manbaini yaratish hamda kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha mahalliy Kengashlar tomonidan deputatlik nazoratini amalga oshirish yuzasidan tavsiyalarning 2-bandiga muvofiq amaliy ishlar belgilab olindi.

👥 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.Xolmuratova ishtirokida mahallalarda o‘rganish ishlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyat rejasi ishlab chiqildi va aniq vazifalar belgilandi.

🔎 O‘rganishlar davomida, xususan:
🔹 ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar;
🔹 reyestrga kiritilmagan ishsiz fuqarolar;
🔹 mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar oilalarining holati;
🔹 oilalarning mavjud daromad manbalari;
🔹 bandlik va ishga joylashish imkoniyatlari;
🔹 tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi fuqarolar
bo‘yicha holat o‘rganiladi.

📋 O‘rganishlarning asosiy maqsadi — muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash, har bir oilaning bandlik va daromad imkoniyatlarini baholash hamda aniqlangan muammolar yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.

🤝 Ushbu jarayonda deputatlar, “Mahalla yettiligi” a’zolari va mahalla faollari hamkorligida har bir murojaat va muammoni manzilli o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.

📍 Deputatlik nazorati — muammoni aniqlashdan uni hal etishgacha bo‘lgan jarayon!