YASHIL MAKON — OBODLIK VA FAROVONLIK TIMSOLI
Yangi O‘zbekistonda atrof-muhitni obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish, ekologik toza mahsulotlar yetishtirish hamda aholining tomorqadan samarali foydalanishini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi mutaxassisi T. Murodov tomonidan Mustaqillik MFY hududida biogumus ishlab chiqarish hamda turli xil gul ko‘chatlarini yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan fuqaro xonadonida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida xonadonda 30 ga yaqin turdagi gul navlari yetishtirilayotgani, ularni parvarishlash va ko‘paytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, biogumusdan samarali foydalanish, gulchilikni yanada rivojlantirish, xonadonlarning daromad manbalarini kengaytirish hamda hududlarni ko‘kalamzorlashtirishda bunday tashabbuslarning ahamiyati ta’kidlandi.
Obod xonadon — obod mahalla, yashil hudud esa farovon hayot garovidir.