Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI ISH FAOLIYATI BILAN UYG‘UN OLIB BORILADI
янв.21
DAVLAT SIRI BILAN BOG‘LIQ TASHKILOTLARGA DEPUTATNING KIRISH TARTIBI
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
"Majnuntol" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
янв.21
DEPUTATNING DARHOL QABUL QILINISH HUQUQI
янв.21
DEPUTAT HUDUDDAN TASHQARIDA HUQUQBUZARLIK SODIR ETSA
янв.21
"Namuna" mahallasida fuqarolarning yer va soliq masalalariga oid murojaatlari joyida tinglandi!
янв.21
"Namuna" mahallasida yer va uy-joylarni qonuniylashtirish bo‘yicha O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi!
янв.21
"Namuna" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
янв.21
DEPUTATNI DAXLSIZLIK HUQUQIDAN MAHRUM QILISH TARTIBI
“Jasorat sinfi” hududida yangi sport maydoni barpo etilmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tuman hokimining o‘rinbosari A.Xudaybergenov bilan birgalikda 4-sonli maktabdagi “Jasorat sinfi” faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida “Jasorat sinfi” oldida barpo etilayotgan sport maydoniga alohida e’tibor qaratilib, qurilishning amaldagi bosqichi, bajarilayotgan ishlar va hududdan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur maydonning foydalanishga topshirilishi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, sport mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish hamda “Jasorat sinfi” o‘quvchilari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

📋 Deputat tomonidan qurilish ishlarining sifatli bajarilishi va belgilangan talablar asosida tashkil etilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Slide 1 of 4