Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Majnuntol" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
янв.21
DEPUTATNING DARHOL QABUL QILINISH HUQUQI
янв.21
DEPUTAT HUDUDDAN TASHQARIDA HUQUQBUZARLIK SODIR ETSA
янв.21
"Namuna" mahallasida fuqarolarning yer va soliq masalalariga oid murojaatlari joyida tinglandi!
янв.21
"Namuna" mahallasida yer va uy-joylarni qonuniylashtirish bo‘yicha O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi!
янв.21
"Namuna" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
янв.21
DEPUTATNI DAXLSIZLIK HUQUQIDAN MAHRUM QILISH TARTIBI
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #9_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Bepul dori-darmon ta’minoti va tibbiy xizmat sifati nazoratda
янв.21
"Nurli kelajak" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #4_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Abdurahmon Jomiy” mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari deputatlik nazoratida
Fuqarolar muammo va takliflari o‘rganildi

Fuqarolar muammo va takliflari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S. Jumayev bilan birgalikda M. Eshtemirov MFY hududidagi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi.

Xonadonbay o‘rganishlar davomida fuqarolar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning mavjud muammolari, murojaatlari va takliflari tinglandi. Aholining ijtimoiy, bandlik, uy-joy va boshqa masalalar yuzasidan bildirgan murojaatlari atroflicha o‘rganildi.

Aniqlangan muammolarni imkon qadar joyida hal etish choralariga e’tibor qaratilib, tegishli masalalar bo‘yicha fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi hamda zarur tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish va mas’ul tashkilotlar aralashuvini talab etadigan murojaatlar qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Fuqarolar bilan bunday xonadonbay muloqotlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida davom ettiriladi.

Slide 1 of 6