Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Namuna" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
янв.21
DEPUTATNI DAXLSIZLIK HUQUQIDAN MAHRUM QILISH TARTIBI
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #9_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Bepul dori-darmon ta’minoti va tibbiy xizmat sifati nazoratda
янв.21
"Nurli kelajak" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #4_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Abdurahmon Jomiy” mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari deputatlik nazoratida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #5_band #162_qonun #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Abdurahmon Jomiy” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida tahlil qilindi
янв.21
"Abdurahmon Jomiy" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
янв.21
DEPUTATNING FIKR VA NUQTAI NAZARI UCHUN JAVOBGARLIKKA TORTILMASLIGI
янв.21
DEPUTATNING HUQUQIY HIMOYASI
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing! Deputatlar tomonidan:
5-SONLI DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI KOMISSIYADA MUHOKAMA QILINDI

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet

5-SONLI DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI KOMISSIYADA MUHOKAMA QILINDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov boshchiligida Xondamir mahallasida joylashgan 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Tashabbusli byudjet”ning 2026-yil I mavsumida amalga oshirilayotgan loyiha doirasidagi ta’mirlash ishlari yuzasidan Uchtepa tumanida jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiyasining muhokama yig'ilishi o‘tkazildi.

⚙️ Yig'ilishda loyiha doirasida binoning tom qismini to‘liq yangilash, issiqlik tizimini o‘rab turuvchi devorlarni ta’mirlash, tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning holati va loyiha talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “BASS-SERVICE LYUKS” MChJ tomonidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari yuzasidan taqdim etilgan loyiha hujjatlari ko‘rib chiqildi.

📝 Yig'ilishda muhokama yakunlari bo‘yicha Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi hamda “Renaissance Builder” MChJ mas’ullariga aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, qurilish-montaj ishlarini loyiha hujjatlari va belgilangan texnik talablar asosida sifatli yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

💼 Ushbu yig'ilishda komissiya a'zolari J.Karimov, A.Xudayberganov, M.Mirsultonovlar ishtirok etishdi.

📈 Mazkur masala ishchi komissiyada muhokama qilinar ekan, obyektni foydalanishga topshirishdan avval barcha kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish hamda loyiha doirasidagi ishlarni sifatli yakunlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7