Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Termiz shahridagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2025-yildagi faoliyati sarhisob qilindi.
янв.21
Deputat T.Berdiyev “Nurli kelajak” mahallasida
янв.21
TERMIZ SHAHRIDA DEPUTATLAR FAOLIYATINI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISHGA QARATILGAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Mahalla faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
9-fevral — buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 18-sessiyasi bo’lib o’tdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI:
Deputatlar yoshlar huzurida

Deputatlar yoshlar huzurida

🟢Yangi saylangan deputatlar o‘z faoliyatini aholi orasiga chuqurroq kirib borish bilan boshladi. Masalan, Tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal partiyasidan saylangan deputat Gulbahor Allanova Va Ekopartiya tuman Kengashi deputati Laylo Karimovalar Uchquduq tumanidagi 1- sonli politexnikumda ta’lim olayotgan yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.

✅Uchrashuvda yurtimizda olib olib borilayotgan yoshlarga oid siyosat haqida so‘z bordi. Shuningdek, bu boradagi islohotlar, yoshlarga doir qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarning ahamiyati haqida fikr yuritildi.

🟢Shu bilan birga, yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimini oshirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan chora-tadbirlar xususida atroflicha tushunchalar berildi. Jumladan, mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha islohotlarning samarasi o‘laroq bugungi yigit-qizlarning salohiyati ancha oshgani, til o‘rganish, xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish kabi imkoniyatlardan foydalanishning samaradorligiga to‘xtalib o‘tildi.

✅Bularga javoban yoshlar hamisha intiluvchan va izlanuvchan bo‘lishi zarurligi, vaqtini foydali mashg‘ulotlarga sarflash orqali qanday yaxshi natijalar ko‘rsatishi mumkinligi hayotiy misollar bilan tushuntirildi.

 Samarali muloqot yoshlarda yaxshi kayfiyat uyg‘otdi.

Slide 1 of 2