Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATNI, SENATORNI CHAQIRIB OLISH MASALASI BO‘YICHA QAROR QABUL QILINADI
янв.21
DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATI QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
#24_ta_tavsiyalar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 28-sentabr— 02-oktabr)
янв.21
#Haftalik_ish_reja_tahlili #Haftalik_dayjest #Kotibiyat_faoliyati 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 21-26-sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Ta’lim sifati va shart-sharoitlar — deputatlar nazoratida
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi — deputatlik nazoratida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #19_band #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Madaniyat va san’at maskani — deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: Ijtimoiy himoya tizimi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Alpomish” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati tahlil qilindi
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Qaldirg‘och" mahallasida aholi muammolari xonadonbay o‘rganildi

Bandixon tumanida fuqarolarning hayotiy ehtiyojlarini o‘rganish, ularning murojaatlariga manzilli va amaliy yechim topish hamda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ko‘maklashish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 16-“Qaldirg‘och” saylov okrugi deputati D.Qudratov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev "Qaldirg‘och" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib, uyma-uy yurgan holda fuqarolar murojaatlarini o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida aholining yashash sharoitlari, bandlik masalalari, tomorqadan samarali foydalanish hamda ichki yo‘llar, elektr va ichimlik suvi kabi kommunal infratuzilma holati xonadonbay tahlil qilindi.

Muloqotlar chog‘ida bildirilgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish maqsadida mas’ul idoralar nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 1