35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_tavsiyalar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
#haftalik_ish_reja #Kengash_faoliyati 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 21–25-sentabr)
янв.21
#Haftalik_ish_reja_tahlili #Haftalik_dayjest #Kotibiyat_faoliyati 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 14-19-sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurovning haftalik sarhisobi: Xalq ichida, muammolar yechimida!
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #Kengash_raisi #deputat_faoliyati Kengash raisi, deputat D.Normuradovaning hafta davomida amalga oshirgan ishlari — inson qadri, mahalla taraqqiyoti va ta’sirchan deputatlik nazorati yo‘lida
янв.21
“Chegara” mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy holat o‘rganildi
янв.21
“Kattabog‘” mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Do‘stlik” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida tahlil qilindi
янв.21
“Do‘stlik” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi!
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Fuqaroning uy-joy sharoitini yaxshilash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli ijtimoiy va maishiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tartibda amaliy choralar belgilandi.

Jumladan, Bog‘i Atirgul ko‘chasi, 22-uyda yashovchi fuqaro M.Mamajonova xonadonining ta’mirtalab holatda ekanligi va uy-joy sharoitini yaxshilash zarurligi yuzasidan murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan mahalla ijtimoiy xodimasi bilan birgalikda oilaning ijtimoiy holati va uy-joy sharoiti o‘rganildi. O‘rganish davomida oilaga mavjud ijtimoiy ko‘mak mexanizmlari, jumladan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali uy-joyini ta’mirlash uchun yordam olish imkoniyatlari tushuntirildi.

Oila uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tegishli tartibda shakllantirilib, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali uy ta’miri bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun tizimga kiritildi.

Mazkur murojaat deputat nazoratiga olinib, oilaga zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi va murojaat natijasi bo‘yicha tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3