Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati H. Qudratov tomonidan mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikda Do‘stlik MFYdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holati manzilli ravishda o‘rganildi.
O‘rganish davomida xonadonlarning ijtimoiy va maishiy sharoiti, oila a’zolarining bandlik holati, mavjud daromad manbalari, moddiy ehtiyojlari hamda qo‘shimcha ijtimoiy ko‘makka bo‘lgan ehtiyojlari ko‘rib chiqildi.
Fuqarolar bilan bevosita suhbat davomida ularni qiynayotgan muammolar tinglanib, har bir oilaning mavjud imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, muammolarni hal etish yo‘llari muhokama qilindi.
Ayniqsa, mehnatga layoqatli oila a’zolarini bandlikka jalb etish, daromad manbalarini yaratish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi bilan birgalikda har bir xonadon bo‘yicha individual yondashuvni kuchaytirish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha fikr almashildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik va daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi.