#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
O‘zini o‘zi band qilayotgan fuqarolar faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 20-“Yangi hayot” saylov okrugidan saylangan deputat Ch. Normo‘minovning saylov okrugidagi “Yangi hayot” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi ko‘magida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, chorvachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hamda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Fuqarolar tomonidan kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati, chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromad manbasini yaratish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ularning faoliyatini yanada kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida fuqarolarning faoliyatini rivojlantirish va yuzaga kelayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram