Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limida nazorat-tahlil va o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
🏛 O‘rganishda ishtirok etganlar: Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda Kotibiyatning bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov qatnashdilar.
🔍 E’tibor qaratilgan asosiy yo‘nalish va hujjatlar:
📜 Oltinsoy tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil II-mavsum yakunlariga ko‘ra “Openbudget.uz” portalida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish hamda moliyalashtirish bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihalari va hisob-kitoblar atroflicha o‘rganib chiqildi.
📋 Yakuniy xulosa: O‘rganish davomida tahlil qilingan hujjatlar va aniqlangan masalalar Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish uchun tayyorlandi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz