Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Q. Qayumov tomonidan Izboskan tumani A. Jomiy MFY, Fayziobod ko‘chasi, 18-uyda yashovchi fuqaro Tojimatova Kamolaning ijtimoiy holati bilan tanishildi.
Fuqaro kambag‘al oilalar reyestrida bo‘lib, ssuda qarori asosida tikuv mashinasi bilan ta’minlangan. Xonadoni ta’mirtalab holatda bo‘lib, uy-joy hujjatlaridagi muammolar sabab ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.
Mavjud muammoni qonuniy tartibda hal etish va oilaga zarur amaliy yordam ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.