Yig‘ilishda Kengash raisi R. Ziyayev, Kengash bosh mutaxassislari ishtirok etdi.
Unda hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
Haftani aniq reja, mas’uliyat va yangi maqsadlar bilan boshlash — samarali faoliyat garovidir.