35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati Kengash kotibiyatining haftalik ish rejasi belgilab olindi
янв.21
#haftalik_ish_reja
янв.21
Tarixiy-me'moriy obidalarni asrash va turizmni rivojlantirish taraqqiyot yo'lida muhim qadam
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2-4-sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Ichimlik suvi isrofi: muammo deputat nazoratida
янв.21
Eskirgan elektr ustunlari va past kuchlanish: muammo deputat nazoratida
янв.21
Eskirgan elektr simyog‘ochlari — deputatlik nazoratida
янв.21
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — aholi farovonligi va yangi imkoniyatlar omili
янв.21
Termiz shahrida yangi investitsiya loyihalari — taraqqiyot va bunyodkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
Termiz shahrida navbatdagi sayyor qabul: Aholini qiynayotgan masalalarga joyida yechim topilmoqda

Termiz shahridagi 13-sonli umumta'lim makatabda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Sh.Lolayev rahbarligida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Aholi muammolarini bevosita joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida tashkil etilgan muloqotda shahar prokurori, shahar IIB boshlig‘i, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli mutasaddi tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik va o‘zini o‘zi band qilish, doimiy ro‘yxatga qo‘yish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kreditlar ajratish hamda kadastr va mulk huquqiga oid masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Muloqot davomida har bir murojaat sinchiklab o‘rganilib, mas’ul tashkilot rahbarlariga masalalarni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi hamda ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.

Xususan, fuqarolardan birining maktabga tutash hudud bilan bog‘liq murojaati shahar hokimi tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi va ushbu masala shu yerning o‘zida ijobiy yechimini topdi.

Slide 1 of 6