Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati Djanabergenova Saltanat Kuanishovna tomonidan Tomdi tumanida yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
📌 Deputat so‘rovida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan:
🔹 2026-yilda qancha yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunar hamda tadbirkorlik kurslariga jalb etilgani;
🔹 O‘qishni tamomlagan fuqarolarning qanchasi doimiy yoki o‘zini o‘zi band qilish asosida ish bilan ta’minlangani;
🔹 Yoshlar va xotin-qizlarga mikrokredit ajratilishi bo‘yicha murojaatlar, ma’qullangan loyihalar va ajratilgan kredit mablag‘lari;
🔹 Kredit olgan fuqarolar tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilishi va mablag‘larning maqsadli sarflanishi;
🔹 Kredit olishda muammoga duch kelayotgan yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va hal etish choralari.
🎯 Maqsad — yoshlar va xotin-qizlarning kasb egallashi, munosib daromad topishi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hamda bandligini ta’minlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning amalda samarali ishlashini o‘rganish.
Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son qarori ijrosi doirasida o‘rganilmoqda.
Har bir yosh — imkoniyatga,
har bir xotin-qiz — qo‘llab-quvvatlashga loyiq!