O‘rganish davomida mahalladagi ichki ko‘chalarda olib borilayotgan yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talablarga muvofiqligi hamda o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan monitoring olib borildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.
Mazkur nazorat tadbirlari davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning samarali va sifatli ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.