Aholi muammolari va yo‘l infratuzilmasi deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Azizbek Erkinov, Sarabibi Matyaqubova hamda deputat Intizor Abdullayeva ishtirokida Kenagas mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tashrif davomida mahalla aholisi bilan muloqot qilinib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, hududdagi yo‘l infratuzilmasining holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar o‘rganildi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.
Aholi bilan ochiq muloqot, muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash — xalq vakillarining muhim vazifalaridan biridir