🏫 Bo‘ston mahallasidagi 44-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbiri bayramona ruhda tashkil etildi.
👤 Tadbirda xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Qalandarov Azamat Shermetovich ishtirok etdi.
📜 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘quvchilar, ustoz va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
💐 Deputat Kalandarov Azamat Shermetovich o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etib, ularga bilim olishda muvaffaqiyat, yuqori natijalar va kelajakdagi ezgu maqsadlari sari dadil qadamlar tiladi.
🌟 Har bir yangi o‘quv yili — katta orzular va ulkan marralar sari boshlanadigan yangi yo‘l!