Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Murzametova Marina 246-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni hamda 1-sinfga qabul ishlari bilan tanishdi.
📖Tashrif davomida maktabda birinchi sinfga qabul qilish jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
🗣Shuningdek, maktab mas’ullari bilan mavjud masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazilib, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish, o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash hamda aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha fikr almashildi.
🇺🇿Yosh avlod uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish va ta’lim sifatini oshirish doimiy e’tiborda.
Bizni kuzatishda davom eting!