Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TERMIZ SHAHRIDA DEPUTATLAR FAOLIYATINI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISHGA QARATILGAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Mahalla faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
9-fevral — buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 18-sessiyasi bo’lib o’tdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI:
янв.21
“Jayhun” mahallasida uyushmagan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot
янв.21
TERMIZ SHAHRIDA DEPUTATLAR QO'SHMA YIG'ILISHI: XAVFSIZLIKDAN TORTIB, IQTISODIYOTGACHA – DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI NAZORAT-TAHLIL TADBIRIDA
☘️ Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning goʻzal tabiati, musaffo havosi, ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini oʻziga maftun etadi. Mana shunday betakror goʻzallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butunligicha yetkazish har birimizning burchimizdir

☘️ Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning goʻzal tabiati, musaffo havosi, ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini oʻziga maftun etadi. Mana shunday betakror goʻzallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butunligicha yetkazish har birimizning burchimizdir.

☘️ Ayni kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Boysun tumanidagi belgilangan hududlar va tashkilot muassasalarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ko‘paytirib, agrotexnik talab asosida parvarishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

☘️ Jumladan, bugun Boysun tumanidagi Gaza mahallasida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Bahodir Shukurov, tuman Kengashi deputatlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, mahalladagi nuroniy va faol fuqarolar ishtirokida mahalladan o‘tuvchi avtomobil yo‘li yoqasida 500 dona archa daraxtlari ekish ishlari olib borildi.

☘️ Shuningdek, Prezidentimizning tashabbusi bilan boshlangan har bir mahalladagi aholi xonadonlarida mevali daraxt ko‘chatlari jumladan, 10 tupdan xurmo, limon, anjir kabi mevali daraxt ko‘chatlari ekish belgilab olingan. Tashabbus doirasida Gaza mahallasida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlariga 250 tup xurmo ko‘chatlari yetkazilib, ekish ishlari olib borildi.

Slide 1 of 10