35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Kattabog‘" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
“Guliston” mahallasida deputatlik nazorati
янв.21
“Alisher Navoiy” mahallasida deputatlik nazorati
янв.21
"Alpomish" mahallasida ko‘p qavatli uylar ta’miri va infratuzilma holati o‘rganildi!
янв.21
“Alpomish” mahallasida deputatlik nazorati
янв.21
Termiz shahridagi maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi
янв.21
Yangi o‘quv yili shukuhi: Termiz shahridagi 1-sonli maktabda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali o‘tkazildi
янв.21
Bugun, 2 sentabr – O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-29-avgust kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida: Termiz shahrida sog‘liqni saqlashda yangi bosqich va raqamli tibbiyot istiqbollari
MUSTAQILLIK — EZGULIK VA MEHR-OQIBAT TIMSOLI

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Yu.A. Ibragimov tomonidan 19-Qo‘shchinor mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya tadbiri tashkil etildi.

🔠Tadbir doirasida ehtiyojmand oilalarga kundalik turmush uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi. Ushbu ezgu tashabbus orqali oilalarga nafaqat amaliy yordam ko‘rsatildi, balki yurtimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami — Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tilaklar bildirilib, xonadonlarga bayramona kayfiyat ulashildi.

🤝Bunday xayriya va ijtimoiy ko‘mak tadbirlari aholining turli qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va fayzli bo‘lsin!

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4