Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov saylovchilarning murojaatlari, taklif va muammolarini o‘rganish maqsadida “Jondor” mahallasiga tashrif buyurdi.
🔵Tashrif davomida mahalla hududida istiqomat qiluvchi aholi bilan muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masalalar, ijtimoiy-maishiy muammolar hamda hududni yanada obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga doir takliflar tinglandi.
🔵Deputat har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, ularning qonuniy yechimini topish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish muhimligini ta’kidladi.
🔵Saylovchilar bilan bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida aniqlash, ularni tegishli tartibda hal etish va deputatlik nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔵I. Xolov bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan ish olib borilishi va ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimi ta’minlanishi bo‘yicha zarur choralarni belgilab oldi.