35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida: Termiz shahrida sog‘liqni saqlashda yangi bosqich va raqamli tibbiyot istiqbollari
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #deputat_faoliyati “Amu sohillari” mahallasida deputatlik nazorati
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #murojaat_daftari #deputat_faoliyati Mahallada ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Bandlik, tadbirkorlik va farovonlik — deputatlar diqqat markazida
янв.21
Mahallada yoshlar yetakchisi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalladagi muammolar va aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi: Termiz shahrida bog‘chalar rivoji, qamrov va ta’lim sifati debat markazida
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi: O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Termiz shahar bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Jaloliddin Manguberdi ko‘chasida infratuzilma o‘rganildi
янв.21
“O‘zbekiston” mahallasi hududida nazorat-tahlil tadbirlari olib borildi
Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat A.Abdujamilovga biriktirilgan kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasida yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasaning faoliyati o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida markazda aholining, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlar bilan tanishildi.

Markazda foydalanuvchilar uchun kutubxona tashkil etilgan bo‘lib, unda turli mavzulardagi badiiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar jamlangan. Kutubxona yoshlar va aholi vakillarining kitob mutolaasi bilan shug‘ullanishi, bilim va dunyoqarashini kengaytirishi uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, markazda shaxmatga qiziquvchilar uchun shaxmat xonasi tashkil etilgan. Mazkur xonada yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilgan.

Markazda tarixiy-madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish maqsadida jadidchilar burchagi ham tashkil etilgan. Unda jadidchilik harakati vakillarining hayoti, ijodiy va ma’rifiy faoliyati, xalqning ma’naviy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar joylashtirilgan. Mazkur burchak yoshlarni milliy tariximizni chuqur o‘rganishga, ma’rifatparvar ajdodlarimizning ilmiy va ma’naviy merosidan ibrat olishga xizmat qilmoqda.

🟢O‘rganish jarayonida markazda tashrif buyuruvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgani, xonalarning jihozlanishi va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi. Umuman, markazda yaratilgan sharoitlar yaxshi darajada ekani, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va aholi bilan ishlash uchun zarur imkoniyatlar ta’minlangani ta’kidlandi.

🟢Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarni intellektual va ma’naviy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni ko‘paytirish hamda jadidlar merosini keng ommaga yetkazish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.
 

Slide 1 of 6