MAHALLIY BUDJETNING QO‘SHIMCHA MABLAG‘LARI YO‘NALTIRILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 26-avgustdagi VII-33-107-7-101-K/26-son qaroriga muvofiq, tuman mahalliy budjetining ikkinchi hisobot choragi yakuni bo‘yicha prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirilishi belgilandi.
📊 Qarorning 1-ilovasiga ko‘ra, II chorak DROBQ mablag‘lari hisobidan jami 8 mlrd 566 mln 389,8 ming so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
🏢 Shundan tuman hokimligiga 372 mln 500 ming so‘m mablag‘ ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash xarajatlariga yo‘naltiriladi.
📌 Mazkur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarorining 3-bandiga asosan ajratilmoqda.
🏘 Ushbu mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi ko‘p kvartirali uylarning texnik holatini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
👥 Ajratilgan mablag‘lardan to‘g‘ri, maqsadli va samarali foydalanilishi deputatlik nazorati doirasida e’tiborda bo‘ladi.