10-BAND IJROSI: AHOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARXI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 17-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va bozordagi holat o‘rganilmoqda.
🛒 Shu doirada deputat N. Allayorova tomonidan tuman dehqon bozorida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida aholining kundalik ehtiyoji uchun muhim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, savdo jarayoni hamda bozordagi mavjud holat ko‘zdan kechirildi.
📊 Shuningdek, narx-navoning barqarorligini ta’minlash, aholiga qulay sharoit yaratish va zarur mahsulotlar bilan ta’minlanganlik holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli masalalarga e’tibor qaratildi.
🤝 Deputatlik nazorati — aholi manfaatlarini himoya qilish, kundalik hayotga ta’sir qiluvchi masalalarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga amaliy ko‘mak berishdir. Rasmiy sahifalarimiz