#nazorat_tahlil
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
“Bog‘iston” mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 17-Bog‘iston saylov okrugidan deputat U.Xo‘shboqovning saylov okrugidagi “Bog‘iston” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida dastur asosida “Bog‘iston” ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l qurilishi va asfaltlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Ayni paytda ko‘chaning 1 kilometr qismi asfaltlangan bo‘lib, ishlar davom ettirilmoqda.
Shuningdek, mahalladagi “Mulla Ostonaqul” jome masjidi atrofida olib borilayotgan obodonlashtirish, qurilish ishlari hamda hasharda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
O‘rganish yakunida ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida olib borilishi, hududni obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram