#kunlik_ish_reja_ijrosi
#murojaatlar_daftari
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
Yakkaterak mahallasida ichki yo‘lni asfaltlash masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 18-Yakkaterak saylov okrugidan saylangan deputat I.Qurbonovning hududidagi “Yakkaterak” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev mahalla raisi bilan birgalikda o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida mahallaning “Gulzor” ko‘chasida ko‘chaboshilar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi. Xususan, ko‘chaning 830 metr qismini asfaltlash masalasi ko‘cha aholisi uchun dolzarb muammo ekani qayd etildi.
Mazkur murojaat deputatning murojaatlar daftariga qayd etilib, muammoni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaldagi imkoniyatlardan kelib chiqib hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram