📌 Hamkorlik — samarali faoliyat garovi
🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov, Kengash deputatlari hamda Sherobod tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. Aminova ishtirokida o‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👩💼 Uchrashuv davomida deputatlar va Oila va xotin-qizlar bo‘limi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.
🏘 Shuningdek, hududlarda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va muammoli masalalarni o‘rganishda deputatlarning faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
💬 Muloqot davomida mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni hamkorlikda bartaraf etish hamda aholining, xususan, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim takliflar bildirildi.
✅ Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish va kelgusidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
🌿 Hamjihatlik va samarali hamkorlik — aholi manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube