MAKTABLAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati O‘. Shukurov tomonidan o‘ziga biriktirilgan hududdagi umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida maktablarning moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari, bino va inshootlarning texnik holati, sanitariya-obodonlashtirish ishlari hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida mavjud muammo va kamchiliklar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.
🎯 Maqsad — ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yaxshilashga ko‘maklashish.
Deputatlik nazorati — ta’lim muassasalari holatini yaxshilash yo‘lida izchil davom etmoqda.