35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yashil hududlar deputatlar va ekopolitsiya nazoratida: "Alpomish" mahallasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
янв.21
6-sonli maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Kokildorota” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Kokildorota” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #KQ_35 “Kokildorota” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
янв.21
Termiz shahrida ta’lim tizimi: sifat, zamonaviy yondashuv va istiqboldagi vazifalar
янв.21
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi: hududiy tashkilotchilar uchun o‘quv seminari o‘tkazilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
“Yangi Toshkent” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning issiqlik ta’minoti masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“Yangi Toshkent” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning issiqlik ta’minoti masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ibragimov tomonidan Olmazor tumani “Yangi Toshkent” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarni 2026/2027-yilgi kuz-qish mavsumida barqaror issiqlik bilan ta’minlash masalasi yuzasidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i O. Muminov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi Olmazor tumanidagi 10-“Chuqursoy” saylov okrugi hududida olib borilgan o‘rganishlar, “Yangi Toshkent” mahallasi raisi, faollari hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida shakllantirildi. Xususan, Keles yo‘li 2-uy va No‘raztepa ko‘chasi 68-uyda istiqomat qiluvchi aholi ko‘p yillardan buyon issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgani ma’lum qilingan.

♨️ O‘rganishlar davomida mazkur ko‘p qavatli uylarning issiqlik tizimi bir necha yildan buyon qoniqarsiz ishlayotgani, ayniqsa kuz-qish mavsumida muammo muntazam takrorlanayotgani aniqlangan. Ayrim vaqtlarda issiqlik ta’minoti umuman ishlamagan, tizim ishlagan davrlarda esa uylar issiqlik tarmog‘ining eng oxirgi nuqtasida joylashgani sababli xonadonlarga yetib kelayotgan issiq suv harorati fuqarolarning ma’lumotiga ko‘ra, taxminan 40–45 darajani tashkil etgan.

⚠️ Natijada ayrim fuqarolar xonadonlarda zarur haroratni saqlash uchun qo‘shimcha isitish vositalaridan foydalanishga majbur bo‘layotgani qayd etilgan. Shuningdek, aholi vakillari mazkur muammo yuzasidan issiqlik ta’minoti mas’ullari va uylarga biriktirilgan boshqaruv servis kompaniyalariga bir necha bor murojaat qilganiga qaramay, issiqlik bilan bog‘liq muammolar keyingi mavsumlarda ham takrorlanib kelayotganini bildirgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Saidmurod Ibragimov “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan mutasaddi rahbar O. Muminovdan Keles yo‘li 2-uy hamda No‘raztepa ko‘chasi 68-uydagi issiqlik ta’minoti tizimini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganishni so‘radi.

🛠 Deputatlik so‘rovida uylarga yetkazib berilayotgan issiq suv haroratini o‘lchash va tizimning amaldagi holati bo‘yicha texnik xulosa berish, issiqlik tarmoqlari, ichki muhandislik kommunikatsiyalari, quvurlar, issiqlik uzeli hamda boshqa tegishli jihozlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, aniqlangan nosozliklarni 2026/2027-yilgi kuz-qish mavsumi boshlanguniga qadar bartaraf etish masalalari qo‘yilgan.

📝 Shuningdek, mazkur ikki ko‘p qavatli uyda kelgusi kuz-qish mavsumi davomida barqaror va me’yoriy issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur masala deputat Saidmurod Ibragimov tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, asosiy e’tibor “Yangi Toshkent” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar aholisini 2026/2027-yilgi kuz-qish mavsumida barqaror va me’yoriy issiqlik bilan ta’minlashga qaratilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1