Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan “Samandarak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilayotgan “Hunarmandlar sanoat zonasi” loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida loyiha doirasida 5 gektar maydonda 70 ta lot tashkil etilishi va ular mahallada faoliyat yuritayotgan usta-hunarmandlarga auksion orqali ajratilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
🔹 Shuningdek, 2027-yilda sanoat zonasini yana 5 gektarga kengaytirish, tayyor mahsulotlarni sotish uchun 18 ta maxsus savdo do‘koni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
🔴Loyihaning muhim jihatlaridan biri — yangi ish o‘rinlari yaratish. Loyiha to‘liq amalga oshirilishi natijasida 2026–2027-yillarda beshta mahallada istiqomat qiluvchi 800 nafar fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
🔴Deputat tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi o‘rganilib, jarayonlar deputatlik nazoratiga olindi.