Korrupsiyaga qarshi kurashishda aniq chora-tadbirlar belgilanadi
Yig‘ilish davomida doimiy komissiya raisi J.Usmonov tomonidan tuman ekologiya bo‘limida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish yuzasidan taklif bildirildi.
Taklifda viloyat ekologiya boshqarmasida shakllantirilgan chora-tadbirlar rejasidan kelib chiqib, tuman ekologiya bo‘limi tomonidan ham korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur taklif korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini tuman miqyosida tizimli yo‘lga qo‘yish, mas’uliyatni oshirish hamda faoliyatda shaffoflikni ta’minlashga qaratildi.