Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
✅ Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov, tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari hamda tuman Kengashi deputati Y.Aliyev bilan hamkorlikda fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
✅ Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
✅ Murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni joyida o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.